“2018 yil-Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”ga bag’ishlab “O’qitishning zamonaviy usullari, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish” mavzusida “Fanlar festivali” o’tkazildi.

“2018 yil-Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”ga bag’ishlab   “O’qitishning zamonaviy  usullari, innovatsion ta’lim  texnologiyalaridan samarali foydalanish” mavzusida “Fanlar festivali” o’tkazildi.

Farg’ona davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida joriy yilning 24 mart kuni  “2018 yil-Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”ga bag’ishlab   “O’qitishning zamonaviy  usullari, innovatsion ta’lim  texnologiyalaridan samarali foydalanish” mavzusida “Fanlar festivali” o’tkazildi.        “Fanlar festivali”da Viloyat teleradiokompaniyasi, “Farg’ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda”, “Ustoz” gazetalari, “Voris” jurnallarining vakillari, Farg’ona Davlat Universiteti rektori R.Maxsudov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i M.Turdimatov, viloyat maktabgacha ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig’i Yu.Xadjaeva,  “Yoshlar ittifoqi”  Farg’ona viloyat Kengashi raisi A.Akbarovlar ishtirok etdilar. Shuningdek,  600 nafarga yaqin viloyatdagi barcha shahar,…

Read More

Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir

Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Xonimlar va janoblar! Barchangizni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Yigirma besh yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz, albatta,…

Read More
Bo‘limsiz

Farg‘onada oilaviy kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Farg‘onada oilaviy kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, axborot-resurs markazlari va kutubxonalar  kitob fondini yangi adabiyotlar va zarur qo‘llanmalar bilan muntazam boyitib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan “Oilaga ma’rifat ulashib” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda bu alohida ta’kidlandi. – Kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasini keng ommalashtirish aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy…

Read More

Avtobuslarda internet xizmati yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslarda internet xizmati yo‘lga qo‘yildi

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati “Wi-Fi Bus” loyihasini ishga tushirdi. Loyiha Toshkent shahri avtobuslarini Wi-Fi orqali ma’lumot uzatuvchi internet aloqasi bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Endi poytaxtimiz jamoat transporti yo‘lovchilari eshigida “Wi-Fi Bus” yozuvi mavjud avtobuslarda Ziyonet.uz milliy ma’rifiy-ko‘ngilochar portali xizmatidan foydalanishlari mumkin. «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar poytaxtimizdagi ellikta yo‘nalishli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda bazasida 4 ming 650 ga yaqin yangilik, ma’rifiy va ko‘ngilochar veb-zaxiralar mavjud bo‘lgan Ziyonet.uz portaliga ulanish imkoniyati o‘quv yili davomida, ayniqsa, yo‘lovchilar oqimining salmoqli qismini tashkil etuvchi talabalar, kollej va litseylar o‘quvchilarini…

Read More

Davlatimiz rahbarining o‘rinli e’tirozi va tavsiyalari bilan 32-oilaviy poliklinika faoliyati tubdan yaxshilandi

Davlatimiz rahbarining o‘rinli e’tirozi va tavsiyalari bilan 32-oilaviy poliklinika faoliyati tubdan yaxshilandi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev shu yil may oyida poytaxtimizning Yashnobod tumaniga tashrifida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish sifatini yanada oshirish zarurligini ta’kidlagan, mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, poliklinikani ta’mirlash va aholi uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish, mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Prezidentimiz topshirig‘idan so‘ng, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan poliklinika faoliyatini tubdan yaxshilash maqsadida birlamchi tibbiy yordam bo‘yicha mamlakatimiz va xorij tajribasi, aholi fikr-mulohazalari va takliflari o‘rganilgan holda kompleks tadbir ishlab chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy…

Read More

Bokschilarimiz yorug‘ yuz bilan qaytdi

Bokschilarimiz yorug‘ yuz bilan qaytdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali ravishda kutib oldi. Bokschilarimizning bu g‘alabasi mamlakatimizda yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan keng sharoitlar yuksak samaralar berayotganining yana bir isbotidir. Germaniyada o‘tgan nufuzli musobaqada 85 davlatdan 280 bokschi…

Read More

Ilm-fanda hamkorlik

Ilm-fanda hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ulardagi yuqori malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Akademiyaning M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan boshlagan ta’lim sohasidagi hamkorligi bunga yaqqol misoldir. Farmonda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, akademiyaning magistraturasiga qabul qilish jarayonini sifatli tashkil etish va kadrlarni saralab olishning…

Read More

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Aziz vatandoshlar! Hurmatli Tatyana Akbarovna! Muhtaram Samarqand ahli! Bugun – 2-sentabr, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafot etganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan keng jamoatchilik, jumladan, jonajon Samarqand ahli vakillari bilan Islom akani yod etib, u kishining yorqin xotirasini abadiylashtirish uchun bugungi tadbirda yig‘ilib turibmiz. Barchamiz yaxshi bilamiz, yil davomida butun xalqimiz, shuningdek, ko‘plab xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va chet ellik fuqarolar Birinchi Prezidentimizning o‘chmas xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar. Xabarlaringiz bor, kuni kecha, Mustaqillik bayrami arafasida, azim poytaxtimiz…

Read More

Sport – salomatlik asosi

Sport – salomatlik asosi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida kurash, suzish, shaxmat, boks, stol tennisi, voleybol kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni yoz kunlarida suv sporti to‘garagi bolalar bilan yanada gavjum. Zamonaviy suzish havzasida 120 dan ziyod o‘g‘il-qiz malakali murabbiylar ko‘magida mahorat oshirib, jismoniy chiniqmoqda.  Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Read More

Yosh bo‘lsa ham, ishi soz

Yosh bo‘lsa ham, ishi soz

Yurtimizda bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib borgani sari zamonaviy va sifatli qurilish materiallariga talab ham ortmoqda. Iste’mol bozoridagi talab asosida ishlab chiqarishni rivojlantirayotgan subyektlar soni ham ko‘payib bormoqda. Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Samarqand shahzodasi” xususiy korxonasi ana shunday korxonalardan biri. Rahimberdi Abdurahmonov 2016-yilda tumandagi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejini bitirib, “Mikrokredit bank”dan olingan kredit evaziga ushbu korxonani tashkil etdi va ichki bozorga shlakoblok, g‘isht yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirda bu yerda temir darvoza va stol-stul ham ishlab chiqarilmoqda. Yosh tadbirkorning aytishicha, ko‘rilayotgan foyda evaziga kelgusida zamonaviy yo‘lakplitkalari va dekorativ bruschatkalar tayyorlash o‘zlashtiriladi. Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA

Read More