Hayratomus insonlar

Hayratomus insonlar

Chavandoz qizaloq.

Donna Grenvud isimli ikki yoshlik qizaloqni butun mamlakat taniydi. Jajji qizaloq ikki yoshida 56 marta ot poygalarida ishtirok etib, sakkiz marta katta sovrunlar olgan. Ota-onasining  aytishicha, ular qizchani ilk bor yeti haftaligida chopqir otga o`tqazishgan ekan. Eng qizig`I, o`shanda Donna hech qanday qo`rquvni his etmagan.

Uch yoshli musavvir.

Yosh bolalar qo`liga qalam oladimi, darrov surat chizishga tushadilar. Turkiyalik Bedri Dakam mo`jiza bola sifatida dovruq qozondi. Tasavvur qiling-a, u uch yoshida suratlarini ko`rgazmaga qo`ygan. Yettiga kirganida esa olti mingdan ziyod surat va polotnolar muallifiga aylanib ulgurgandi. Bedrining ijodi munosib baholangan ham.

“Sodda vosvos”

Buyuk musiqachi, bastakor Volfgang Amadey Motsart san`atga juda yosh kirib kelgannini ko`pchilik bilmasa kerak. U to`rt yoshidayoq klavesin (fortepyanoga o`xshash cholg`u asbobi) chalishni bilardi. O`zining ilk sonatalarini yeti yoshida yozgan. Iqtidorli  bolakay o`n ikki yoshida “Sodda vosvos” operasi bilan shuhrat qozondi. O`n to`rt yoshli Motsart Bolonya shahri filarmoniya akademiyasida a`zo qilib saylangan.

Ko`r musiqachi.

AQShning Baltimor shahrida tug`ilgan  Jermir Gardiner ancha kichikligidayoq musiqani qattiq sevgan. Tug`ma ko`r bo`lishiga qaramay, u o`n uch oyligida musiqa asarlaridan pianinoda chalib bera olgan. Oradan bir yil o`tar-o`tmas, Jermin Betxoven asarlarini maromiga yetkazib chalgan bo`lsa, uch yoshligida qo`shiqlariga musiqa bastalagan.

19 ta tishi bilan…

Seul shahri (Janubiy Koreya) da dunyoga kelgan Kim Ung o`zining g`ayritabiiy qobiliyati va erta rivojlanishi bilan tib olami olimlarini lol qoldirdi. Tug`ilganiga to`r t oy bo`lganida, og`zida o`n to`qqizta tishi bo`lgan besh oylik go`dak binoyidek ota-onasi bilan gaplashib, xona ichida shahdam qadam tashlab yurgan. Yeti oyligida kitob mutolaa qilishni o`rganib oldi. Tuzukkina yozgan ham. Kim Ung shaxmat o`yinida mantiqiy yurishlar bilan kattalarni mulzam qilib qo`ya olgan. Bir yarim yoshida mantiqiy suratlar chizgan. Ikki yoshu to`rt oyligida o`z hayoti haqida batafsil kundalikni yozib brogan. Kim Ung qizaloq shoira sifatida ham Koreya solnomasida iz qoldirdi. Uning “Yulduzlar savoli” nomli she`riy to`plami aholi orasida qo`lma-qo`l bo`lib ketgan.

O`n to`rt yoshli olim.

“Kibernetikaning otasi” hisoblangan amerikalik Norbert Viner ilm-fan bilan besh yoshida sug`illana boshlagan. O`n bir yoshida muddatidan ancha ilgari o`rta maktabni tugatdi. O`n ikki yoshida esa kollejga o`qishga kirdi. Vinner o`n to`rt yoshida ilmiy darajaga ega bo`lgan.

Eng yosh murabbiy.

         Tarixda sodir bo`ladigan noyob hodisa.

Shashkachlar orasida eng yosh murabbiy Turkmanistonning Nebit-Dag (Krasnovodsk viloyati) shahrida yashovchi sakkiz yoshli Mustafo Durdiyev hisoblanadi. U sport ustaligiga nomzod sifatida faoliyat ko`rsatgan. Durdiyev murabbiylik qilayotgan shashkachilar ichida sinfdoshlari ko`p bo`lgan.

10 yoshida ….osmonda!

         AQSH aviatsiyasi tarixida 10 yoshli Kristofor Marshal eng yosh uchuvchi sifatida qayd etilgan. U Los-Anjeles aerodromidan ko`tarilib, Floridadagi Loderdeyl aeroportiga qo`ngan.

Marg`ilon shahar 23-umumiy o`rta ta`lim maktabi

 biologiya fani o`qituvchisi  Aliyeva Gavharoy

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*