Bosh sahifa / ZiyoNET portalida “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aniqlanadi

ZiyoNET portalida “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aniqlanadi

ZiyoNET ta’lim tarmog‘ining “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limida “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasi o‘tkazilishi e’lon qilindi, deb xabar beradi ZiyoNET Resurs markazi axborot xizmati.

Foto: ZiyoNET Resurs markazi axborot xizmati

Aksiyada portalda ro‘yxatdan o‘tgan barcha faol foydalanuvchilar ishtirok etishi mumkin.

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasi uch bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich: ro‘yxatga qanday obyektlarni qo‘shish haqida foydalanuvchilardan takliflar yig‘ish;
  • 2-bosqich: “O‘zbekiston hududlarida joylashgan yetti mo‘jiza”ni aniqlash va ovoz berish;
  • 3-bosqich: “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi”ga ovoz berish va aniqlash.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan yettita obyekt rasmiy ravishda “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” sifatida tanlab olinadi. “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” sifatida tanlangan obyektlar Aksiya so‘ngida o‘tkaziladigan tantanali marosimda e’lon qilinadi.

Tanlov tashkilotchilari Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq hamkorlik masalalari bo‘yicha barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlaydi va muhokama qiladi.

Aksiya haqidagi fikrlar ZiyoNET portali, uForum, Facebook, Fikr (#merosziyonet va #7mujizaziyonet xeshteglari ostida) internet sahifalarida muhokama qilib boriladi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*