Bosh sahifa / O’quvchilar tik turgan holatlarida darsni yaxshiroq o’zlashtirishadi

O’quvchilar tik turgan holatlarida darsni yaxshiroq o’zlashtirishadi

Texaslik salomatlik va ta’lim masalalarini o’rganish boshqarmasi olimlari o’quvchilar dars vaqtida o’tirmasdan, tik turgan holatda tinglashsa darsni yaxshiroq o’zlashtirishadi, degan xulosaga kelishdi. Ular o’tirgan holda darsni tinglaydigan va tik turgan holatda darsda qatnashadigan o’quvchilar o’rtasida izlanish olib borishda va hayratlanarlisi – tik holatda darsda qatnashga o’quvchilar o’tirganlarga nisbatan 7 daqiqa ko’proq vaqt davomida o’qituvchiga e’tibor qarata olishgan. O’tirganlar esa ko’proq chalg’ib, dars mazmunini tik turganlarga nisbatan kamroq o’zlashtirishgan.

Bundan kelib chiqqan ba’zi maktablar izlanish natijalarini hayotga tadbiq etish maqsadida dars davomida o’quvchilarni tik holatda saqlab turishga majbur etuvchi sinf partalaridan foydalanishgan. Albatta, o’quvchilar o’tirishni juda xohlagan vaqtlarida ular uchun o’rindiq joy ham tayyorlab qo’yilgan, ammo bu partalarning asosiy maqsadi o’quvchilarni imkon qadar ko’proq vaqt tik holatda saqlab qolish bo’lganligi sababli bunday partalarda tik holatda turib ishlash osonroq. Quyidagi rasmda ko’rib turganingiz sinf partasini tayyorlashdan maqsad aslida o’quvchilarning haddan oshiq ko’p vaqt o’tirishi natijasida semirib ketmasliklari va ko’p o’tirish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan ba’zi umurtqa pog’onasi kasalliklarining oldini olish edi:

553f3e3e9deee

Ammo ko’rib turganingizdek, tik holatda foydalaniladigan bunday partalar o’quvchilar diqqatini darsga ko’proq jalb qilish uchun ham ishlatilar ekan. Izlanishlar natijasida o’tirgan o’quvchilarga nisbatan tik holatda dars olayotgan o’quvchilar quyidagilarda faolroq bo’lishar ekan:

  • Dars vaqtida beriladigan topshiriqlarga javoban qo’l ko’tarish;
  • Sinfdagi ommaviy muhokamalarda qatnashish;
  • Savollarga javob berish;
  • Navbatsiz, boshqalar gapini bo’lib gapirishdan cheklanish.

Bolaligimizda uyga bajarish uchun berilgan topshiriqlarni bajarmay kelsak ustozimiz bizni tik holatda kitob o’qishga majbur qilishardi. Albatta, ular tik holatda dars qilishning foydali jihatlari haqida hech narsa bilishmagan va yuqorida qayd etilgan izlanish natijalarini o’qimagan bo’lishlari mumkin. Ammo bir hafta davomida o’zlashtirilmagan ma’lumotlar kimlar uchundir sinfxonada tik turgan holatda yaxshiroq, osonroq o’zlashtirilganligi ma’lum.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*