Bosh sahifa / Tennischilar Farg‘onada bahslashmoqda

Tennischilar Farg‘onada bahslashmoqda

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” tennis majmuasida erkaklar o‘rtasida “Fergana Challenger” hamda xotin-qizlar o‘rtasida “Fergana women’s” an’anaviy xalqaro turnirlari boshlandi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi mamlakatimizda Professional tennischilar uyushmasi (ATP), Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) bilan hamkorlikda erkaklar, xotin-qizlar, o‘smirlar va bolalar o‘rtasida xalqaro miqyosdagi musobaqalarni muntazam o‘tkazib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash bilan birga, kuchli raketka ustalari yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farg‘onada an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Fergana Challenger” va “Fergana women’s” musobaqalari ham ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu yilgi musobaqalarda yurtdoshlarimizdan tashqari Hindiston, Avstraliya, Isroil, Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova kabi yigirmadan ziyod mamlakat tennischilari yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada Temur Ismoilov, Sanjar Fayziyev, Diyor Yo‘ldoshev, Nigina Abduraimova, Go‘zal Yusupova, Sabina Sharipova, Shahnoza Hotamova, Sarvinoz Saidxo‘jayeva kabi tennischilar Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Musobaqa 21-iyungacha davom etadi.

 
Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*