Bosh sahifa / Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar kafedrasida Tarix –huquq fan oyligining ochilish tadbiri

Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar kafedrasida Tarix –huquq fan oyligining ochilish tadbiri

DSC_5985Farg’ona VXTXQTUMOI Ijtimoiy-iqtiodiy fanlar kafedrasida 2016 yil 6 yanvar kuni Tarix-huquq fan oyligining ochilish tadbiri bo’ldi.  Tadbirda institut rektori tarix fanlar nomzodi, dotsent N. Abdulaxatov, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor X.Xaydarov, o’quv  bo’limi boshlig’i  I. Toshpulatov, kafedra mudiri v.b U.Sobirova, huquq fani o’qituvchisi G.Sharobutdinovalar ishtirok  etdilar.

Tadbirni institut rektori tarix fanlar nomzodi, dotsent N. Abdulaxatov ochdi. N. Abdulaxatov fan oyligini ochiq deb e’lon qilar ekan, buguni kundaDSC_5986 tarixchilar oldida turgan vazifalar, bugungi kun muammolarini echimini topishda tarixchilarning roli, globol mavzularga tarixchilarning o’z nuqtai nazariy qarashlari mavjud bo’lishi zarurligi to’g’risida gapirdi. Fan oyligining maqsad, vazifalari haqida gapirar ekan, har bir tadbirni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish kerak,  bugungi kunda tarixiy jarayonlarga xar bir tarixchining o’zining ilmiy qarashi javobi bo’lishi kerak deb ta’kidladi.

Tinglovchilar fan oyligining chora-tadbir rejasi bilan tanishtirildi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*