Bosh sahifa / Xalqaro turnirlar boshlandi

Xalqaro turnirlar boshlandi

Xalqaro turnirlar boshlandiFarg‘ona shahridagi “Istiqlol” tennis majmuasida erkaklar o‘rtasida “Fergana Challenger” hamda xotin-qizlar o‘rtasida “Fergana women’s” an’anaviy xalqaro turnirlari boshlandi.

Unda O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston kabi yigirmadan ortiq mamlakat tennischilari g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida sport, jumladan, tennisni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy tennis kortlari barpo etilib, yoshlarning mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratilayotir. Buning samarasida yurtimizdan mahoratli tennischilar yetishib chiqib, xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada Temur Ismoilov, Sanjar Fayziyev, Humoyun Sultonov, Azizbek Turg‘unov, Jo‘rabek Karimov, Nigina Abduraimova, Go‘zal Yusupova, Sabina Sharipova, Sarvinoz Saidxo‘jayeva kabi tennischilar Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.


Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*