XTV tizimida byudjet mablagʻlarini ishlatish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

Xalq taʼlimi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan 2019 yilning I-choragi davomida xalq taʼlimi tizimi muassasalarida byudjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etildi. Oʻtkazilgan chora-tadbirlar natijasida 1 444 ta tashkilot hamda maktablarda jami 11 413,7 mln. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.

Oʻtkazilgan tahlillar natijasida ortiqcha va qoʻshimcha rejalashtirilgan mablagʻlar 4 276,9 mln.soʻm (37,5 foiz aniqlangan umumiy mablagʻdan), haqiqatda ishlamaydigan xodimlarga, ortiqcha saqlangan shtat birliklari hamda ishchi-xodimlar tomonidan bajarilmagan ish hajmlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlar 2 071,7 mln. soʻm (18,2 foiz), malaka toifalarini belgilash sertifikatlarini qalbakilashtirish hamda ustama va mukofot pullarining ortiqcha toʻlanishi natijasida aniqlangan toʻlovlar summalari 2 018,0 (17,7 foiz)ni tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar boʻyicha tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan 190 ta umumiy summasi 3 865,7 mln. soʻmlik oʻrganish materiallari huquq-tartibot organlariga topshirilib, 279 nafar masʼul shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar koʻrildi.

Byudjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan 3 023,4 mln. soʻm miqdordagi noqonuniy sarflangan byudjet mablagʻlari belgilangan tartibda qaytarildi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*