Bosh sahifa / Xotira– abadiy, qadr– muqaddas!

Xotira– abadiy, qadr– muqaddas!

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan uzoq yillar davomida tizimda faoliyat ko’rsatgan mehnat faxriylari ishtirokida “Xotira – abadiy, qadr-muqaddas!” nomli tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi va uning tizimlarida fidokorona xizmat ko’rsatgan mehnat faxriylar, ustoz va murabbiylar ishtirok etishdi.

Xalq ta’limi vaziri Ulug’bek Inoyatov yig’ilganlarni bayram bilan tabriklar ekan, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan nuroniylarni qadrlash – chin insoniylik burchimiz ekanini ta’kidladi.

– Farzandlarimizning hech kimdan kam bo’lmay zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim olishida, baxtli bolaligida ta’lim fidoyilarining hissasi katta. Mehnat faxriylarining fidokorona mehnati, ezgulikka yo’g’rilgan tashabbuslari, ibratli faoliyati biz uchun katta hayot maktabidir, – dedi Xalq ta’limi vaziri Ulug’bek Inoyatov.

Tadbir davomida bolajonlar ishtirokida yig’ilganlarga bayramona kontsert dasturi taqdim etildi. Mehnat faxriylariga Xalq ta’limi vazirligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Xalq ta’limi vazirligi
Axborot xizmati

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*