Bosh sahifa / Bokschilarimizning ishonchli g‘alabasi

Bokschilarimizning ishonchli g‘alabasi

Bokschilarimizning ishonchli g‘alabasiToshkentda boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining chorak finalida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

56 kilogramm vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev butanlik Nima Dorji bilan kuch sinashdi va muddatidan oldin – ikkinchi raundda raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

Vazni 49 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarda Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Jomart Yerjan ustidan zafar quchdi. 60 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov esa indoneziyalik Farrand Papendanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

64 kilogramm og‘irlikdagi bokschilar o‘rtasida yarim final yo‘llanmasi uchun jangda Iqboljon Xoldorov Xitoy Taypeyi vakili Hun-Min Panni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Shuningdek, Isroil Madrimov o‘z vaznida filippinlik Eumir Marsial ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

Chorak final bahslari davom etmoqda.


Javohir Toshxo‘jayev, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*