Bosh sahifa / BOLA TARBIYASIDA MAHALLANING O’RNI

BOLA TARBIYASIDA MAHALLANING O’RNI

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda mahalla institutining ham alohida o’rni bor.

Farg’ona shahridagi 17-Yangiyo’l mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan “Bir bolaga etti mahalla ham ota, ham ona” mavzusidagi davra suhbati ham shu mavzuga bag’ishlandi. Unda viloyat hokimligi va aholi vakillari, Yangiyo’l va  Madadkor MFY faollari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida so’zga chiqqan “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi o’rinbosari Xursandbek Sharafuddinov, voyaga etmaganlar ishlari  bo’yicha idoralararo viloyat komissiyasi mas’ul kotibi Qobiljon Hasanov, Farg’ona shahar IIB boshlig’i o’rinbosari Akramjon Ahmadjonov va boshqalar yoshlar tarbiyasi va unda mahallaning o’rni, voyaga etmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish, bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar jarayoni, unda mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish haqida so’z yuritdilar.

– Kamolga etayotgan o’g’il-qizlar ma’naviyat va tarbiyani aynan o’zi istiqomat qilayotgan oiladan, atrof-muhitdan o’zlashtiradi, – deydi  17-Yangiyo’l mahalla fuqarolar yig’ini raisi Murodjon Sattorov. – Yig’inimizda 480 nafar yoshlar bor. Mahallamizdagi barcha o’g’il-qizlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni turli to’garaklarga jalb etganmiz. Bu o’z navbatida ularni turli illatlar ta’siridan asrash va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, jinoyatchilikning oldini olishda qo’l kelmoqda.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*