Bosh sahifa / Yosh bo‘lsa ham, ishi soz

Yosh bo‘lsa ham, ishi soz

Yosh bo‘lsa ham, ishi sozYurtimizda bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib borgani sari zamonaviy va sifatli qurilish materiallariga talab ham ortmoqda. Iste’mol bozoridagi talab asosida ishlab chiqarishni rivojlantirayotgan subyektlar soni ham ko‘payib bormoqda. Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Samarqand shahzodasi” xususiy korxonasi ana shunday korxonalardan biri.

Rahimberdi Abdurahmonov 2016-yilda tumandagi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejini bitirib, “Mikrokredit bank”dan olingan kredit evaziga ushbu korxonani tashkil etdi va ichki bozorga shlakoblok, g‘isht yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirda bu yerda temir darvoza va stol-stul ham ishlab chiqarilmoqda.

Yosh tadbirkorning aytishicha, ko‘rilayotgan foyda evaziga kelgusida zamonaviy yo‘lakplitkalari va dekorativ bruschatkalar tayyorlash o‘zlashtiriladi.

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*