Bosh sahifa / Ilm-fanda hamkorlik

Ilm-fanda hamkorlik

Ilm-fanda hamkorlikO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ulardagi yuqori malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Akademiyaning M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan boshlagan ta’lim sohasidagi hamkorligi bunga yaqqol misoldir. Farmonda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, akademiyaning magistraturasiga qabul qilish jarayonini sifatli tashkil etish va kadrlarni saralab olishning yangi mexanizmini yaratish maqsadida ushbu universitet professori, psixologiya fanlari doktori Tohir Bozorov ishtirokida nazariy va amaliy muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkazildi.

Akademiya kengashi a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, yetakchi o‘quv muassasalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan davra suhbatida mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim tizimi sifatini yaxshilash, oliy o‘quv muassalarida o‘quv jarayonini talab darajasida tashkil etish maqsadida barcha qulayliklarni yaratish hamda xorij davlatlari yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda asosiy omillardan ekani ta’kidlandi.

T.Bozorov boshqaruv psixologiyasi sohasining yetuk vakillaridan. Muallifning «Personalni boshqarish» kitobi soha mutaxassislari tomonidan yuqori baholangan. U «Kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun ijtimoiy psixologik tavsifnoma tuzish usullari», «Boshqaruv psixologiyasi. Nazariya va amaliyot», «Rivojlanayotgan tashkilotlarda kadrlarni boshqarish» kabi kitoblar va yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

T.Bozorov M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbari o‘rinbosari, Rossiya psixologlari jamiyati prezidiumi a’zosi hamdir.

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*