Bosh sahifa / Farg‘onada oilaviy kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Farg‘onada oilaviy kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, axborot-resurs markazlari va kutubxonalar  kitob fondini yangi adabiyotlar va zarur qo‘llanmalar bilan muntazam boyitib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Prezidentimizning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan “Oilaga ma’rifat ulashib” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda bu alohida ta’kidlandi.
– Kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasini keng ommalashtirish aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitish, turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashda muhim omil hisoblanadi, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari X.Islomova. – Kitobga mehr qo‘ygan, kitob orqali dunyoni anglagan inson yomonlikdan yiroq bo‘ladi, doim yaxshilik haqida o‘ylaydi, ezgu ishlarni amalga oshirishga intiladi. Shuning uchun kitobxonlik madaniyatini aynan oiladan boshlash zarur.
Toshloq tumanidagi tadbirda  kitobxon oilalar vakillari o‘z uylarida tashkil qilgan shaxsiy kutubxonalari haqida so‘zlab berdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etuvchi sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Shahar va tumanlarda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda kam ta’minlangan, serfarzand oilalarga milliy va jahon adabiyotining mumtoz namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasi tuhfa qilinmoqda.

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*