Bosh sahifa / Institut / Kafedralar / Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

Mustaqillik yillari o’z ichiga bir qancha bo’limlar faoliyatini mujassamlashtirgan   Farg’ona viloyat pedogog xodimlar malakasini oshirish institutida ham ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. 2015 yildan Farg’ona viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti deb nomlanmoqda. Xususan, 2001 yildan boshlab institutda kafedra tizimiga o’tildi. Bu esa malaka oshirish tizimi faoliyatini kengaytirish bilan birga,  katta vazifalarni yukladi.  Demak, shu yildan boshlab o’quv dargoh  Farg’ona viloyat pedogog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantirildi.

 Kafedra 2001 yili  “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib bir necha yillar davomida mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlanishiga o’zining munosib hissasini qo’shgan O’zbekiston Respublikasi Xalq o’qituvchisi ped. f.n.,dots  T.Qurbonov tayinlangan edi. Dastlabki yillari ta’lim sohasida yuqori  bilim va malakaga ega bo’lgan ustoz bilan bir qatorda hozirgi kunda qarilik gashtini surayotgan N.Xolnazarov, Z. Shodieva, M. Axmadalieva, O. Xoshimova , K.Maxammatova (2011 yil vafot etgan) hamda bugungi kunda mehnat faoliyatini davom ettirayotgan G. Sharbutdinova kabi ustozlar viloyat pedogogik kadrlarini ilmiy saloxiyatini oshirish uchun o’zining munosib hissasini qo’shish bilan, kafedraning bugungi kundagi o’zining munosib saloxiyatiga, o’rniga ega bo’lishida katta rol o’ynadilar.

         Ushbu kafedra boshqaruv tarixiga nazar tashlasak, kafedrani boshqargan ustozlarning o’ziga yarasha yuqori salohiyatga ega bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan, kafedrani  2001-2010 yillari xalq o’qituvchisi  p.f.n.,dots T.Qurbonov boshqargan bo’lsa, 2010-2011 yillari tarix f.n.,dots T.Zohidov, 2011 yilning mart oyidan-noyabr oyigacha tarix f.n.,dots N.Abdulahatov, 2012-2013 yillari psix.f.n.,dots M.Otadjonov, 2013-2014 yillari esa N.Hoshimova, 2014-2015 yillari i.f.n.,dots.  H.Haydarov, katta o’qituvchi U.Sobirovalar boshqargan  bo’lsalar, 2016-yil yanvar oyidan boshlab esa kafedra mudiri sifatida i.f.n. M.Payazov faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda ushbu kafedrada  20 dan ortiq malakali professor-o’qituvchilar o’z faoliyatlarini olib borishmoqda, jumladan, 1 nafar professor, 7 nafar fan nomzodlarining mavjudligi esa kafedraning  institutda katta ilmiy salohiyatga ega ekanliligini ko’rsatadi. Ushbu kafedra dastlab “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi sifatida nomlangan bo’lsa, 2015 yil yanvar oyidan boshlab “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi deb yuritila boshladi.

Hozirda kafedra o’quv tizimida “Milliy g’oya”, “Tarix”, “Xuquq”, “Iqtisodiyot asoslari”, “Dolzarb mavzu” kabi fanlar o’tilmoqda.  Institutda o’quv mashg’ulotlarini zamonaviy pedogogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish imkoniyati yuqori darajada ta’minlab berilganligi sababli barcha o’qituvchilar o’z darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishmoqda. Kafedrada fanlar bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubiy ko’rsatmalar, tavsiyanomalar, elektron ishlanmalar, ma’ruza matnlari va dars ishlanmalari yaratilgan. Kafedra professor-o’qituvchilar shu kungacha respublika va viloyat miqyosida, shuningdek, horijdagi ba’zi bir ilmiy-amalliy konferentsiyalarda o’zlarining maqola va tezislari bilan munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilari  tomonidan tinglovchilarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli xil sport o’yinlari, davra  suhbatlari amalga oshirilmoqda. Kafedraning barcha professor-o’qituvchilari institut miqyosida o’tkazilayotgan barcha tadbirlarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Halq ta’limi Vazirligining buyrug’i asosida tashkil etilgan “Mahorat maktabi” va “Metodist maktabi”, «Tayanch maktabi» faoliyati, tajriba-sinov uchastkalari  faoliyatini shakllantirish bo’yicha  bir qancha ijobiy ishlarni ham amalga oshirib kelmoqda.  Kafedramiz  “Milliy g’oya va  ma’naviyat asoslari” fanlari yo’nalishida viloyatda targ’ibot guruhi a’zosi ham hisoblanadilar. Kafedra o’qituvchilari “Fuqarolik jamiyati asoslari” o’quv fanini o’qitilishi bo’yicha o’quv dasturlari loyhalarini tajriba-sinovdan o’tkazish jarayonlariga ilmiy metodik yordam berish uchun ilmiy rahbarlik qilmoqdalar. Farg’ona viloyat xalq ta’limi xududlariga kafedramizdan har bir tuman uchun o’qituvchilarimizdan kuratorlar tayinlangan. Bular R.Sharofutdinov, A.Jo’raev, Sh.Qoraboev, I.Toshpo’latov, N.Abdullaevlar. Tajriba-sinov yo’nalishi bo’yicha mas’ul U.Sobirova, «Metodist maktabi» o’quvi mas’ul

 Kafedra bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlik asosida o’quv ishlarini tashkil qilgan, hamkorlari Farg’ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Fuqarolik jamiyati instituti,  Farg’ona viloyat Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi, Farg’ona Davlat universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Xalqaro “Amir Temur” jamg’armasi, “Oltin meros” xalqaro xayriya fondi viloyat  boshqarmasi, Viloyat  madaniyat va sport boshqarmasi, , Farg’ona viloyati “Farg’ona ziyosi” ilmiy-uslubiy, ma’naviy ma’rifiy, adabiy-badiiy nashriyoti, Farg’ona pedagogika kollejidir. Ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikda o’quv seminarlar, ilmiy-amaliy  konferetsiya o’tkazilmoqda, namunali darslar tashkil qilingan. Etakchi mutaxassislar  darslarda tajribalari bilan almashmoqdalar.

Jumladan, kafedraning tashabbusi bilan Farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Farg’ona viloyat Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarni  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida  2016 yil 6 aprelda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag’ishlab “Amir Temur-buyuk davlat arbobi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasini tashkil etildi, konferentsiya materiallari to’plam sifatida nashr etildi. Shun  ingdek, 2016 yil 18 aprel kuni “Oltin meros” xalqaro xayriya fondi viloyat  boshqarmasi bilan hamkorlikda ilmiy seminar o’tkazildi. 2016 yil 7 aprel kuni  “Xalqaro salomatlik kuniga” bag’ishlab “Sog’lom tumush tarzi va sport-salomatlik garovi” mavzusida bir qator tadbirlarni misol keltirish mumkin.

«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» kafedrasi me’yoriy xujjatlar asosida Farg’ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdek mas’uliyatli vazifani bajarib kelmoqdalar.

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*