Bosh sahifa / Institut / Kafedralar / Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi

Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi

Farg’ona viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2011 yil 29 dekabr 141-sonli “Institut tarkibiy tuzilmasini va tarkibiy bo’linmalarning vazifalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug’iga asosan maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi 2012 yilning 2 yanvaridan boshlab tashkil etilgan. Kafedraga 2012-2014 yillarda Yunusova Go’zalxon Sultonovna, 2014-2015 yillarda Solijonov Islomjon Mo’minovich, 2016 yil mart-aprel oylarida Qo’chqorov Musojon Tillaboevich rahbarlik qilgan. Xozirgi kunda Maqsudov Ulug’bek Qurbonovich kafedra mudiri vazifasini bajarmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 15-avgustdagi 234-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 27-yanvar 21-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)lari qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi hamda “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)lari malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i bilan belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

Kafedra 2015 yildan boshlab Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasi nomi bilan nomlanib, tasdiqlangan Nizom hamda kafedra ish rejasi asosida faoliyat olib boradi.

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 9 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ularning 4 nafari kafedra katta o’qituvchisi, 5 nafari kafedra o’qituvchisidir.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2012 yil, 2014 yil, 2016 yil uchun namunaviy o’quv-mavzu reja va fan dasturlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo’yiladigan Davlat talablari”ga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Boshlang’ich ta’lim kursi tinglovchilari uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha ma’ruza matnlari va amaliy mashg’ulot dars ishlanmalari to’plami” va “Maktabgacha ta’lim kursi tinglovchilari uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha ma’ruza matnlari va amaliy mashg’ulot dars ishlanmalari to’plami” ishlab chiqilib, amaliyotda foydalanilmoqda.

            Malaka oshirish instituti faoliyatini boshlaganda, maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’lim sifatida faoliyat boshlagan.

2001 yil kafedra sistemasiga o’tilganda pedagogika, psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi deb nomlana  boshlandi.

2012 yil maktabgacha ta’lim yo’nalishi “Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi” kafedrasiga birlashtirilib, “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi” deb yuritila boshladi.

   2013 yildan buyon MT137-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari kursiga bilan birgalikda MT135-maktabgacha ta’lim muassasasi jismoniy tarbiya yo’riqchilari va MT136-maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarlari, MT110- Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinmoqda.

Hozirgi kunga qadar MT135-maktabgacha ta’lim muassasasi jismoniy tarbiya yo’riqchilari 86 nafari malaka oshirish kursida o’qib tegishli serfikatga ega bo’lishdi. MT136-maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarlari malaka oshirish kursida 143 nafar tinglovchilar o’qidilar.

Viloyatimizda 645 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 917 ta umumta’lim maktablari mavjud bo’lib, 8873 nafar tarbiyachilar, 13 mingdan ziyod Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Maktabgacha ta’lim malaka oshirish kurs tinglovchilariga tayanch  o’quv  reja asosida dars mashg’ulotlari olib boriladi. Malaka oshirishga kelgan kurs tinglovchilariga maktabgacha ta’lim mutaxassislari G.Ismatullaeva va O.Abobakirovalar tomonidan metodik yordam berib boriladi.

O’quv rejadagi ko’chma mashg’ulot viloyat tayanch maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Viloyatimizdagi eng ijodkor, fidoiy, tashabbuskor tarbiyachilar faoliyati viloyat miqyosida  ommalashtirilib boriladi.  Shu bilan birga maktabgacha ta’lim mutaxassislari tomonidan  viloyat miqyosida seminarlar tashkil etiladi va o’tkaziladi.

Kafedraning o’qituvchilari tomonidan  uslubiy ko’rsatmalar tayyorlanadi va maktabgacha ta’lim muassasa mutaxassislariga  yetkaziladi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*