Bosh sahifa / Institut / Kafedralar / Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi

Farg’ona viloyat pedagog xodimlar  malakasini oshirish instituti deb nomlangan. Unda mehnat ta’limi bo’limi, Jismoniy tarbiya va boshlang’ich xarbiy ta’lim bo’limi, tasviriy san’at va chizmachilik bo’limi,musiqa  bo’limlari deb nomlangan .

4
2001 yil noyabr oyidan boshlab  Xalq ta’limi vazirligining buyrug’iga asosan institut kafedra tizimiga o’tdi. Farg’ona viloyat pedagog xodimlar  malakasini oshirish instituti Farg’ona viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb nomlandi.

Jismoniy tarbiya va amaliy fanlar ta’limi kafedrasida dastlab  Ne’matjon Mamajonov –  pedagogika fanlari nomzodi, Muhammadjon Ahmedov – texnika fanlar nomzodi, dotsent, Maxsimova Munojotxon, Nazirov Odiljon  kafedra mudiri bo’lib ishladilar. 2011 yilning dekabr oyidan   Mahmudov Yunusjon  Millaevich boshqardilar xozirda kafedrani Dilshodbek Mamatov  boshqarib kelmoqda6

Kafedraning asosiy vazifalari jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik o’qituvchilarini hamda bolalar musiqa san’at maktablari o’qituvchilari, barkamol avlod bolalar markazi to’garak rahbarlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan iborat.

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktablarining  jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, bolalar san’at va musiqa maktabi o’qituvchilari, barkamol avlod bolalar markazi to’garak rahbarlari uchun 144 soatga mo’ljallangan o’quv-mavzu reja va dasturlari asosida o’quv mashg’ulotlari olib boriladi. O’quv mashg’ulotlarini zamonaviy talablar asosida o’tish uchun kafedrada etarli moddiy-texnik baza yaratilgan.20×10 o’lchamda gimnastika zali,voleybol maydonchasi,texnik mexnat ta’limidan jixozlar mavjud bo’lib tinglovchilar ulardan amaliy mashg’ulotlar davomida foydalanadilar. Mehnat ta’limi amaliyot mashg’ulotlarini o’tkazish uchun o’quv ustaxona mavjud.  Tinglovchilarga malaka oshirish kursidavomida mutaxassislik fanlaridan tashqari umumkasbiy fanlar va ijtimoiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha xam mashg’ulotlar o’tkazilib borilmoqda. Mashg’ulotlarni malakali professor o’qituvchilar tomonidan olib borilmoqda .Ayniqsa tinglovchilar uchun ingliz tili va kompyuter savodxonligi  saboqlari tinglovchilar bilim ko’nikmalarini mustaxkamlashda samarali o’rin egallamoqda. Dars mashg’ulotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish yo’lga qo’yilgan. Kafedrada fanlar bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubiy ishlanmalar, elektron ishlanmalar, ma’ruza matnlari (elektron va yozma shaklda) yaratilgan. Kafedra professor o’qituvchilari respublika va viloyat miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy seminar va anjumanlarda ishtirok etib kelishadi. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan tinglovchilarning bo’sh paytlarini samarali o’tkazilishini ta’minlash maqsadida sport musobaqalari ,davra suxbatlari ,taniqli sportchilar va viloyatda faoliyat olib boryotgan kafedra yo’nalishidagi fanlar ilg’or o’qituvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.Viloyat o’lkashunoslik muzeyi ,Al – Farg’oniy xiyoboni ,Tenis korti va Olimpiya zaxiralariga sayoxatlar uyushtirilmoqfda. Xar oyda bir marta  tinglovchilarning ma’daniy dam olishlarini tashkillash maqsadida  viloyat Yusufjon Shakarjon qiziq teatriga boriladi xamda doimo rejadan tashqari tadbirlar uyushtiriladi.

1 22012 yilda institutda issiqxona qurilgan bo’lib uni Jismoniy tarbiya va amaliy fanlar kafedrasiga biriktirilgan.  Issiqxonada  18 ta limon ko’chati etishtirilmoqda. Issiqxona parvarishidan tashqari  kafedra uchun ajratilga er uchastkasida kartoshka,pomidor ,balgar ekildi. Bundan tashqari  yillar davomida baxor oylarida manzarali va mevali daraxtlar ekiladi, jumladan 75 tup terak ko’chati ,8 tup sosna, 2 ta kashtan manzarali daraxtlari,4 tup onor va olma ko’chatlari  ekilib kelmoqda.

3 9
5 7

8

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*