Bosh sahifa / Masofaviy ta’lim / Masofaviy ta’lim haqida

Masofaviy ta’lim haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida»gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari talab va ko‘rsatmalarini bajarish maqsadida mamlakatimizda, umuman pedagoglarni, xususan, xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish ishlari jadal olib borilmoqda.

Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish bo‘yicha bir qator izlanishlar, tadbirlar, loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan Osiyo Taraqqiyot Bankining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan O‘ZB-1961 raqamli “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini ko‘rsatish mumkin. Mazkur loyiha, jumladan, O‘zbekistonda o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini barpo etishga ko‘maklashdi. Bunday tizim faoliyatidan ko‘zlangan maqsad, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mavjud qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga masofadan o‘qitishni joriy qilish  va o‘qitishning yangi zamonaviy usul va uslublarini qo‘llash orqali qayta tayyorlash va malaka oshirishning imkon va vositalarini kengaytirish, uning sifat va samaradorligini oshirish, shuningdek pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda universitetlar va pedagogika institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Hozirgi kunda viloyatimizda 37 ming atrofida o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishadi. Ularni har 3 yilda bir marta malaka oshirishdan o‘tishlari belgilangan. Ma’lumki, maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan viloyatimizda Farg‘ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari shug‘ullanishadi. Institutning ba’zi ob’ektiv (institutning quvvati etishmasligi) va sub’ektiv (oilaviy sharoit, nogironlik, chekka hududlardan kelishning qiyinligi) sabablarga ko‘ra o‘qituvchilar kontingentining 30-35%  atrofdagisi malaka oshirish bilan qamrab olishning imkoni bo‘lmagan. Bu holat va malaka oshirish tannarxining yuqoriligi; sohada yagona axborot makonini yaratish va malaka oshirish va qayta tayyorlashni shu doirada ta’minlashni murakkabligi; mavjud malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash imkonini yaratilmaganligi tufayli tinglovchilarga axborotlarni tezkor etib kelmasligi; malaka oshirish institutining moddiy-texnika va o‘quv-moddiy bazasining talab darajasida emasligi hamda ulardagi professor-o‘qituvchilar salohiyatini yuqori emasligi  soha bo‘yicha kuchni mana shu muammolarni hal qilishga yo‘naltirish kerakligini ko’rsatdi.

 Muammolarning tahlilidan, sohada, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan masofadan o‘qitishni, yoki aniqrog‘i masofadan qayta tayyorlash va malaka oshirishni joriy qilinishi ayni  muddao ekanligi  ko‘rindi.

Viloyatimizda yuqorida qayd qilingan loyiha yordamida institut tarkibida Masofadan o‘qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazi (MO‘HMM) va 5 ta hudud(Qo‘qon shahridagi 3-maktab, Furqat tumanidagi 1-maktab, Bag‘dod tumanidagi 1-maktab, Rishton tumanidagi 20-maktab, Toshloq tumanidagi 25-maktab)dagi pilot maktablar qoshida Masofadan o‘qitishning ta’lim-resurs markazlari (MO‘TRM) kabi bo‘g‘inlardan iborat o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini barpo etildi.

Bunday markazlarning har biri bevosita o‘ziga tegishli hudud o‘qituvchilarini masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi. Masofadan qayta tayyorlash va malaka oshirishdan  o‘tadigan o‘qituvchilar kerakli o‘quv, o‘quv-uslubiy materiallarni Internet tarmog’idan yoki bevosita ushbu markazlardan (bunday materiallar audio, video vositalarda, shuningdek kompyuter disklarida yozilgan bo’lishi ham nazarda tutiladi) olib sharoitlariga qarab uyda, o’zi ishlaydigan maktabda, yashaydigan joyiga yaqin klaster maktabda yoki bevosita ushbu markazlarda, ularning sharoit va imkoniyatlaridan foydalangan holda o’z ustilarida mustaqil ishlashlari nazarda tutiladi.

Bundan tashqari ular, maxsus jadval asosida 10-12 kunda bir marta konsultatsiya yoki suhbat ko’rinishida o’tkaziladiigan “kontakt” mashg’ulotlarida ham qatnashishi nazarda tutiladi. Bunday mashg’ulotlar MO’HMM va MO’TRMlar mutaxassislari shuningdek konsultant-o’qituvchilar (tyutorlar) tomonidan bevosita, yoki “teleko’prik” shaklida, shuningdek elektron pochta, internet tarmog’i yordamida o’tkazilishi mumkin. Masofadan malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida o’qituvchi tegishli nazorat turlaridan o’tib boradi. Nazorat materiallari tegishli MO’HMM va MO’TRM larda mujassamlashtirilib, o’qish yakunida ular tomonidan o’qituvchiga tegishli sertifikat beriladi.

Hozirgi kunda institut qoshidagi MO’HMMda 12 ta fan yo’nalishida masofadan malaka oshirish kurslari tashkil etilib, ularga reja asosida maktab o’qituvchilari jalb qilinmoqda. Markaz rahbari Nishonov Akmal Obidovich boshchiligida xodimlar Y.Rahmatov, U.Ernazarov, A.Mirzaboyev, Z.Odilov birgalikda pedagog xodimlarning masofadan malakasini oshirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*