Bosh sahifa / ARM / Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi

  • institutning kurs  tinglovchilari, ma’ruzachi va professor-o’qituvchilari, xizmatchilar  hamda   boshqa  toifa mutaxassislariga   ularning    talablariga  muvofiq  ravishda,  barcha  zahiralardan  foydalanishga  to’la  ijozat  berish  asosida to’liq va  zudlik  bilan  tejamli  ravishda kutubxona,  axborot- bibliografik  xizmat  ko’rsatish;
  • yakka tartibda ishlashning turli shakl va metodlari orqali tinglovchilarning bilimga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish va o’ziga xosligini o’rganish, fuqarolikni, dunyoqarash madaniyatini, yaratuvchilik mehnati ko’nikmalarini va ijodkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitni yaratish;
  • institut kurs   tinglovchilarining  ta’lim  olishiga   ko’maklashish;
  • axborot-resurs markazi faoliyatini institut  kafedralari  va manfaatdor  bo’limlar  bilan  muvofiqlashtirish;
  • institut xodimlari, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, xalq ta’limining yutuqlari, ilg’or ta’limiy      tajribalar yoritilgan manbalarni keng targ’ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo’lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
  • axborotlarga bo’lgan talablarga muvofiq har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, internet resurslari) asosida tinglovchilarga zarur darajada axborot xizmati ko’rsatish;
  • kutubxona-axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirish;
  • xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga, foydalanuvchilarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish, ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, elektron katalog va kartotekalarni tashkil etish va yuritish;
  • madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aktsiyalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish uchun axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • axborot-resurs markazi xizmatlari ro’yxatini kengaytirish, uni texnik jihozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish;
  • kitobxonlar uchun konferentsiyalar, kechalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o’tkazish;
  • kutubxonaga kirim qilingan kitob va gazeta – jurnallarni saqlanishi, kitobxonlarning foydalanishi uchun sharoit yaratish;
  • obunani tashkil etish.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*