Bosh sahifa / Institut / Bo’limlar / O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi

O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi

  • institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzadi, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi, o’quv jarayonining me’yoriy hujjatlarga mos ravishda o’tishini nazorat qiladi va dars soatlarining bajarilishini hisobga olib boradi;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to’g’ri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam ko’rsatadi, guruh jurnallarini yuritishdagi kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etilishini ta’minlaydi;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish jarayonini amalga oshiradi, ularni kurslarga qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlaydi, ularga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat(diplom)larni rasmiylashtiradi, shuningdek, institut professor-o’qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o’quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan bildirishnomalar tayyorlaydi;
  • kafedralar tomonidan institutda tashkil etilgan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarining ishchi o’quv-mavzu rejalari va o’quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va o’quv-metodik ishlar bo’yicha prorektor bilan kelishgan holda ularni institut rektori tasdig’iga tavsiya etadi;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o’quv, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun sharoit yaratadi hamda o’quv jarayonini tashkil etadi;
  • o’quv, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarining yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qiladi;
  • har oy, chorak va yil yakunida tuman, shaharlar va malaka oshirish toifalari kesimida malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qiladi, ma’lumot tayyorlaydi.

O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi bevosita o’quv-metodik ishlar bo’yicha prorektor va institut rektoriga bo’ysunadi.

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*