Bosh sahifa / Institut / Bo’limlar / Kadrlar bo’limi

Kadrlar bo’limi

  • Xalq ta’limi vazirligi va institut rahbariyatining bo’lim faoliyati yo’nalishidagi ko’rsatma va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qilish va nazoratini ta’minlaydi;
  • O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda institutda kadrlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish va ishdan bo’shatish bo’yicha buyruqlarni, shuningdek ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtiradi;
  • mehnat ta’tillaridan o’z vaqtida foydalanilishni nazorat qiladi, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • ish jarayonida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlarini mukofotlar bilan taqdirlash hamda ular uchun rag’batlantirishning boshqa turlarini qo’llash yuzasidan materiallarni belgilangan tartibda tayyorlaydi;
  • institut faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
  • institutda faoliyat ko’rsatayotgan kadrlarning shaxsiy hujjatlari yig’ma jildlarini tayyorlaydi;
  • institutda qabul qilingan buyruqlarni rasmiylashtiradi;
  • institut ichki tartib qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Kadrlar bo’limi bevosita institut rektoriga bo’ysunadi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*