Bosh sahifa / Institut / Bo’limlar / Devonxona va arxiv

Devonxona va arxiv

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Devoni va Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi vazirligi, viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va bajaruvchisiga topshirish, jo’natiladigan hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish va joylarga yuborishni tashkil etish;
  • hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, ular to’g’risida oylik, choraklik, yillik hisobotlarni institut rektoriga taqdim etish ishlarini olib borish;
  • hujjatlarni belgilangan muddatda idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash va topshirish;
  • institut kafedra, bo’lim va markazlariga ish yuritish bo’yicha tegishli amaliy-metodik yordam berish va ularning ishini nazorat qilish;
  • institut buyruqlarini ro’yxatga olish va ijrochilarga etkazish;
  • ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o’rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo’linmalar bilan hamkorlikda ish olib borish va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • yuqori va boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan kelgan xat va hujjatlarni hisobga olish, ularning ijrosi haqidagi ma’lumotlarni tegishli tashkilot va fuqarolarga etkazilishini muvofiqlashtirish, institutdan chiqarilayotgan xat va hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobga olish, ko’paytirish, joylarga etkazilishini ta’minlash;
  • institutda ijro intizomiga rioya qilinishini nazorat va tahlil qilib borish;
  • institutda elektron hujjat almashinishini amalga oshirish;
  • institutda idoraviy arxiv hujjatlari bilan shug’ullanish, ularning asli va elektron nusxalarini saqlash ishlarini amalga oshirish;
  • fuqarolar murojaatlarini ro’yxatga olish, rahbariyatga etkazish va ularni institut rahbariyati tomonidan qabul qilinishi va tegishli javoblar yo’llanishini qonunda ko’rsatilgan moddalar asosida bajarish.

Umumiy bo’lim va arxiv bevosita institut rektoriga bo’ysunadi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*