Bosh sahifa / Institut / Me’yoriy hujjatlar / Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 6-7-son, 39-modda; 2011 y., 25-son, 260-modda; 2012 y., 33-34-son, 390-modda)

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uning o‘quv-metodik va axborot ta’minotini mustahkamlash, shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq;

pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi normativ hujjatlar va o‘quv-metodik hujjatlarni tasdiqlangan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiqlashtirsinlar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’limning ushbu turiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasini va namunaviy shtatlarini, shuningdek, mablag‘larni rejalashtirish va sarflash tartibini qayta ko‘rib chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2009 yillarda ta’limning maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar turlari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2006 yil 16 fevral,

25-son

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*