Bosh sahifa / Institut / Me’yoriy hujjatlar / Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida qaror

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida qaror

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

15.08.2014 y. N 234

  

XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash hamda ta’limning milliy modeli xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tizimda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

  1. Quyidagilar:

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

  1. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika markazining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015 — 2018 yillarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash hamda ularda ta’lim sifatini yanada oshirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) quyidagi tarkibda:

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 6-ilovaga muvofiq;

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar 7-ilovaga muvofiq;

2015 — 2018 yillarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlashning asosiy parametrlari 7a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalari xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishini nazarda tutuvchi mehnatga haq to‘lash miqdorlari hamda shartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Bunda bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanishi nazarda tutilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, shu jumladan Investitsiya dasturida ko‘zda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Dasturni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2015 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

buyurtmachining hisob-kitoblari asosida 2014 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasidagi kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga Dasturda belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratish masalasini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritsin;

2015 yildan boshlab Investitsiya dasturlarini shakllantirishda Dasturda belgilangan tadbirlarning moliyalashtirilishini nazarda tutsin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari Dasturda belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachilar etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Dasturda belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining o‘rnatilgan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin, shuningdek buyurtmachilar va pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, shu jumladan amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ob’ektlarda bajariladigan loyiha va qurilish-ta’mirlash ishlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.

  1. Dasturda belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Maxsus ishchi guruh 8-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Maxsus ishchi guruhi (A.I. Ikramov):

Dastur amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borsin hamda har yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;

2015 — 2018 yillarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlashning asosiy parametrlariga zaruriyat bo‘lganda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A. Ikramov va B. Zakirov zimmasiga yuklansin.

 

 O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri         Sh. Mirziyoev

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 2-ILOVA

 

 Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining

TASHKILIY TUZILMASI

Xalq ta’limi vazirligi(xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga umumiy rahbarlik qilish va miqdoriy ko‘rsatkichlarni muvofiqlashtirish)
Viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari(buyurtmachi)
Davlat test markazi(ta’lim sifati monitoringini olib borish, pedagog kadrlar malaka darajasini diagnostika qilish va baholash)
Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti, Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika markazi(qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, rahbar xodimlarning malakasini oshirish)
Shaharlar va tumanlar ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari(qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboriladigan xodimlarni tabaqalashtirish va ularning kontingentini shakllantirish)
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlari(maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish)
“Iste’dod” jamg‘armasi(ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha xorijiy stajirovkalar, kurslar tashkil etish) Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari(ichki nazorat, qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun xodimlar kontingentini aniqlash, individual topshiriqlar tuzish)
Loyihalarni amalga oshirish guruhlariXalqaro tashkilotlar grantlari (kredit liniyalari) bo‘yicha malaka oshirish

 

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 3-ILOVA

 

 Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutining

TUZILMASI

Rektor1 (1) Ilmiy kengash
O‘quv va metodik ishlar bo‘yicha prorektor1 (1) Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor1 (1) Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor1 (1) Kadrlar bo‘limi2 (2)
O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi3 (1) Fan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘limi2 (1) Buxgalteriya hisobi va marketing bo‘limi3 (1) Huquqshunos1 (1)
Masofadan o‘qitishni rivojlantirish markazi11 (2) Xo‘jalik ishlari bo‘limi* Umumiy bo‘lim va arxiv3 (1)
Axborot-resurs markazi5 (1)
Hududiy malaka oshirish institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi3 (1)
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi3 (1) Kafedralar
*) Texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yorlarda belgilanadi.Shtat birliklarining umumiy soni, shu jumladan ma’muriy-boshqaruv xodimlari (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) 43 birlik.Jumladan boshqaruv xodimlari: 17 birlik.
Ta’lim dasturlari va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi3 (1)

 

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 4-ILOVA

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika markazining

TUZILMASI

Direktor1 (1) Ilmiy-metodik kengash
O‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari1 (1) Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari1 (1) Huquqshunos1 (1)
Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligi bo‘limi4 (1)
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va normativ-metodik ta’minlash bo‘limi8 (1) Buxgalteriya3 (2) Kadrlar bo‘limi1 (1)
Rivojlantiruvchi ta’lim, o‘yin va o‘yinchoqlar bo‘limi4 (1) Xo‘jalik ishlari bo‘limi* Umumiy bo‘lim va arxiv2
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi3 (1)
Axborot-resurs markazi2 *) Texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yorlarda belgilanadi.Shtat birliklarining umumiy soni, shu jumladan ma’muriy-boshqaruv xodimlari (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) 33 birlik;Jumladan boshqaruv xodimlari: 12 birlik.
Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘limi2 (1)

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 5-ILOVA

 

 

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Rektor1 (1) Ilmiy kengash
O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor1 (1) Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor1 (1) Buxgalteriya3 (2)
Kadrlar bo‘limi1 (1)
O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi4 (1) Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish bo‘limi3 (1)
Huquqshunos1 (1)
Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi5 (1) Axborot-resurs markazi2
Umumiy bo‘lim va arxiv2
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi3 (1) Xo‘jalik ishlari bo‘limi*
*) Texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yorlarda belgilanadi.Shtat birliklarining umumiy o‘rtacha soni, shu jumladan ma’muriy-boshqaruv xodimlari (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) 27 nafar.Jumladan boshqaruv xodimlari: 11 birlik.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlari shtat birliklarining umumiy soni, shu jumladan ma’muriy-boshqaruv xodimlari (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) 378 birlik.

Jumladan boshqaruv xodimlari: 154 birlik.

Kafedralar

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 6-ILOVA

 

 

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks

CHORA-TADBIRLAR

 

T/r Tadbirlar Bajarishmuddatlari Moliyalash-tirish manbai Sarf-xarajatlarmiqdori

(mlrd so‘m)

Taqdim etiladiganhujjat shakli, amalgaoshirish mexanizmi Bajarish uchunmas’ullar
     I. XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINING ME‘YORIY-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH
1. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining namunaviy Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015 yilI chorak Institutlarning namunaviy Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash Xalq ta’limi vazirligi
2. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasiga doir quyidagi me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish va tasdiqlash:1. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida tinglovchilarning bitiruv ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar;2. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida tinglovchilarning bitiruv ishini baholash mezonlari, ularga taqriz berish tartibi;

3. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom.

2014 yilIV chorak 1. Tinglovchilarning bitiruv ishini bajarishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;2. Tinglovchilarning bitiruv ishini baholash mezonlari, ularga taqriz berish tartibi;

3. Tinglovchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi
 II. XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMIDA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
1. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi sifati va samaradorligini aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish. 2014 yilIV chorak Ta’lim sifati va samaradorligini aniqlashning mexanizmlari (tartib va nizomlar) Xalq ta’limi vazirligi
2. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limini doimiy tahlil qilish asosida o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish mexanizmini joriy etish. 2015 yilI chorak O‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish mexanizmi (tartibi) Xalq ta’limi vazirligi
3. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari faoliyati samaradorligini (reytingini) aniqlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. 2015 yilI chorak Institutlar faoliyati samaradorligini (reytingini) aniqlash mexanizmi (nizom) Xalq ta’limi vazirligi
4. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mahoratini ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llab dars o‘tishni doimiy tarzda oshirib borish. Doimiy Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha treninglar o‘tkazish Xalq ta’limi vazirligi
5. Malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlariga kiritilgan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llab o‘qitiladigan barcha mavzular bo‘yicha elektron resurslarni yaratish. 2017 yilIII chorak Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida 0,03 Pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llab o‘qitiladigan mavzular bo‘yicha 300 ta elektron resurs yaratish Xalq ta’limi vazirligi
6. «Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari»ni takomillashtirish. 2017 yilIII chorak Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablarini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash Xalq ta’limi vazirligi, DTM, «O‘zstandart» davlat agentligi
7. Xalq ta’limi xodimlarining toifalar bo‘yicha malakasini oshirish davriyligini ta’minlash. 2015 yilI chorak Belgilangan muddatlarda malaka oshirishni ta’minlash bo‘yicha aniq rejalashtirish mexanizmi Xalq ta’limi vazirligi
8. Xalq ta’limi xodimlarining masofadan malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va uning imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. 2016 yilII chorak Masofadan malaka oshirish kurslari soni va qamrovini oshirish Xalq ta’limi vazirligi
9. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida barcha fanlardan eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar, ma’ruza matni, dars ishlanmalari, o‘quv-metodik majmualar va multimedialarni yaratish bo‘yicha respublika tanlovlarini o‘tkazish. Yiligabir marta Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida 0,015 Barcha fanlar bo‘yicha eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar, ma’ruza matni, dars ishlanmalari, o‘quv-metodik majmualar va multimedialar Xalq ta’limi vazirligi
 III. XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI  OSHIRISH INSTITUTLARINI MALAKALI KADRLAR BILAN TA’MINLASH
1. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilarining malaka tavsiflari va talablarini belgilash. 2015 yilI chorak Professor-o‘qituvchilarning malaka tavsiflari va talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash Xalq ta’limi vazirligi
2. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining pedagogik salohiyatini ko‘tarish maqsadida ularga malakali, ilmiy unvon va ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarni jalb etish. Doimiy Professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlovlar haqidagi e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida keng e’lon qilish Xalq ta’limi vazirligi
3. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida A. Avloniy nomidagi XTXQTMOMI qoshida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tashkil etish. 2015 yil1 yanvardan A. Avloniy nomidagi XTXQTMOMI qoshida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tashkil etish bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash Xalq ta’limi vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Iqtisodiyot vazirligi
4. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. Doimiy Professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasalarini belgilash Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
5. Mavjud imkoniyatlardan, shu jumladan ta’limga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilotlar grantlaridan unumli foydalangan holda professor-o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlardagi soha bo‘yicha yetakchi ta’lim markazlarida tajriba orttirishlarini yo‘lga qo‘yish. Doimiy Grantlar, «Iste’dod» jamg‘armasi mablag‘lari Jalb etiladigan mablag‘lar doirasida Chet ellardagi soha bo‘yicha yetakchi ta’lim markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va professor-o‘qituvchilarning tajriba orttirishlarini tashkil etish Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

 Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 7-ILOVA

 

 Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha

CHORA-TADBIRLAR 

T/r Tadbirlar Bajarishmuddatlari Moliyalash-tirish manbai Sarf-xarajatlarmiqdori

(mlrd so‘m)

Taqdim etiladiganhujjat shakli, amalgaoshirish mexanizmi Bajarish uchunmas’ullar
1. Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan institutlar tinglovchilarini boshqa ijtimoiy soha ob’ektlariga vaqtincha ko‘chirish sxemalarini ko‘rsatgan holda mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jadvalini ishlab chiqish. 2015 — 2018yillarningyanvar

oyida

Institutlarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jadvali Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda
2. Institutlarda amalga oshirilishi belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va pudrat tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish. 2014 — 2018yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari, markazlashtiril-gan kapital qo‘yilmalar 2,0 Qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari, pudrat tanlov (tender) savdolari natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. Institutlardagi amalga oshirilishi belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlarining bajarilishi bo‘yicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015 — 2018yillarningI choragida Institutlardagi amalga oshirilishi belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlarining tasdiqlangan tarmoq jadvali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda
4. Buyurtmachi bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi hamda qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq qurilish-ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib borish. 2015 — 2018yillarda Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ustidan olib borilgan monitoring hisobotlari Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda
5. Institutlarda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan tartibda hududiy Davlat qabul komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinishini ta’minlash. 2015 — 2019yillarda Hududiy Davlat qabul komissiyasi dalolatnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda
6. Institutlarni zarur mebellar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va boshqa inventarlar bilan jihozlashning me’yoriy hujjati (normativ)ni ishlab chiqish. 2014 yilIV chorak Institutlarni jihozlash bo‘yicha me’yoriy hujjat (normativ) Xalq ta’limi vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
7. Dastur doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan institutlarni me’yoriy hujjat (normativ) asosida zarur jihozlar bilan ta’minlash. 2015 — 2018yillarda Davlat byudjeti hamda grant mablag‘lari 14,6 Institutlarni jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha dalolatnomalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 7a-ILOVA

 

 2015 — 2018 yillarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlashning asosiy

PARAMETRLARI

 

T/r Muassasalar nomi Yangi bino qurish va mavjudbinoni rekonstruksiya qilish* Mavjud binonimukammalta’mirlash**
jamiquvvati(o‘rin) shu jumladan: sarf-xarajatlarmiqdori***

(mlrd so‘m)

jamiquvvati(o‘rin) sarf-xarajatlarmiqdori***

(mlrd so‘m)

o‘quvbinosiqurish yordamchibinoqurish mavjud binonirekonstruksiyaqilish
 2015 yil
1. Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (XTXQTMOI) 502 502 1,0 0,2
2. Xorazm viloyati XTXQTMOI 860 860 1,9 300 0,9
3. Toshkent shahar XTXQTMOI 1 000 2,2
4. Buxoro viloyati XTXQTMOI 1 340 3,0
 2016 yil
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTXQTMOI 500 500 1,1 1 476 3,3
2. Jizzax viloyati XTXQTMOI 964 964 2,1 450 1,1
3. Namangan viloyati XTXQTMOI 340 340 0,7 1 020 2,3
4. A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti 940 80 860 3,6 350 0,8
 2017 yil
1. Qashqadaryo viloyati XTXQTMOI 240 240 0,5 1 324 3,0
2. Surxondaryo viloyati XTXQTMOI 550 550 1,6 1 010 2,2
3. Toshkent viloyati XTXQTMOI 850 850 1,9 990 2,1
4. Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika markazi 465 1,7
 2018 yil
1. Andijon viloyati XTXQTMOI 450 450 2,0 564 1,2
2. Navoiy viloyati XTXQTMOI 550 50 500 1,6
3. Farg‘ona viloyati XTXQTMOI 240 240 0,9 1 295 2,7
4. Samarqand viloyati XTXQTMOI 330 200 130 1,3 1 260 2,6
Respublika bo‘yicha 7 316 200 130 6 986 20,2 12 844 29,4

*) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladi;

**) O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

***) Sarf-xarajatlar miqdori ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi

234-son qaroriga 8-ILOVA

 

 

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini 2015 — 2018 yillarda bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda ulardagi ta’lim sifatini yanada takomillashtirish dasturida belgilangan tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi Maxsus ishchi guruh

TARKIBI

 

Ikramov A.I. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruh raisi
Inoyatov U.I. Xalq ta’limi vaziri
Vaxobov A.V. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
Saidova G.K. Iqtisodiyot vaziri
Alimuxamedov B. Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining birinchi o‘rinbosari
Xudoyarov A. Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari
Qo‘chqorov J.A. Moliya vazirining o‘rinbosari
Shodiev M.I. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Abruev U.O. Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari
Boltaboev M. Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD mudiri, ishchi guruh kotibi

Izoh: guruh a’zolari boshqa ishga o‘tganda ular o‘rniga tayinlangan yoki tegishli vazifa yuklatilgan shaxslar guruh tarkibiga kiritiladi.

«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami»,

2014 yil 25 avgust, 34-son, 433-modda

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*