Главная / Институт / Администирация

Администирация

Rasulov Qahramon Abdug’anievich

RasulovFarg’ona viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori

Rasulov Qahramon Abdug’anievich 1974 yil 1 yanvarda Quva tumani Xonobod qishlog’ida tug’ilgan. 1991 yilda Qo’qon davlat pedagogika institutiga o’qishga kirgan.

2001-2005 yillarda Farg’ona Davlat Universitetining o’zbek tilshunosligi kafedrasi aspiranturasida o’qigan. 2011-2012 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2012-2013 yillarda O’zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik Partiyasi Farg’ona shahar Kengashi Ijroiya Qo’mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

 

Mustafayeva Shirinoy Farxodjonovna

Ma`naviy-ma`rifiy va ilmiy ishlar bo`yicha prorektor

       Mustafaeva Shirinoy Farxodjonovna 1979 yil 4 martda Farg’ona viloyati, Oltiariq tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994-1999 yillarda Farg’ona Davlat universitetida tahsil olgan, mutaxassisligi – psixolog o’qituvchi. Sh.Mustafaeva 2001 yildan buyon Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Pedagogika – psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasida katta o’qituvchi, institut ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.