O’zgaruvchan shohbaqa

                                               O’zgaruvchan shohbaqa

Bu baqa bu nomini ko’zlari  ustidagi o’siqlariga ko’ra olgan. Uzunligi 20 sm ga etadi. Nam tropik o’rmonlarda yashaydi. Umurtqasizlar, dumsiz sudralib yuruvchilar va mayda jonzotlar bilan oziqlanadi. O’ljasini tusiga o’xshash yaproqlar orasiga kirib olib, tutadi. Shuning uchun uni payqash qiyin.

shox baqa

                                               Marjon iloni

         Marjon iloni uzunligi 1 m ga etadigan, o’zining zaharli ekanini yorqin rangi bilan namoyon etadigan qazuvchi ilon. Sharqiy Braziliya o’rmonlarida yashaydi. Ustki jag’ida ikkita zaharli tishi bor. Tunda faol hayot kechiradi. Tez-tez suv  ichida, biroq suvga tushmaydi. Bir yilda olti marta po’st tashlaydi.

ilon

  Bargburun

         Bargburun og’irligi 7-15 g kichkina ko’rshapalak. Hasharotlar, sersuv mevalar bilan oziqlanadi. Ochko’z. Bargburunlar uncha katta bo’lmagan koloniya holda issiq va salqin g’orlar va kovaklarda yashaydi. Ko’zlari juda kichik, kunduzi ham, kechasi ham yaxshi ko’rmaydi.

ko'rshapalk

 Kaliforniya quyoni AQShning o’rmonlar bo’lmagan keng o’tloqlar, quruq cho’l va sahrolari, tog’larida yashaydi. U boshqa quyonlarga qaraganda ancha katta, juda tez-soatiga 40 kmga yaqin tezlikda yuguradi. Yungining rangi qishda ham, yozda ham o’zgarmaydi. O’zi tug’ilib o’sgan joydan uzoqqa ketib qolmaydi.

kengiru

Ilonbo’yin toshbaqaning boshi va bo’yni tanasining uzunligi bilan deyarli tang. Ko’l va daryolarda yashaydi, yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Panjalarida suzish pardalari bor. Mayda umurtqalilar, baliqlar bilan oziqlanadi. Mahalliy aholi tuxumi va go’shtini xush ko’rib iste’mol qiladi.

 toshboqa

 

Marg’ilon o’ahar 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi

biologiya fani o’qituvchisi Alieva Gavharoy

E-mail: gavharoy_aliyeva@inbox.uz

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*