Farg’ona VXTXQTUMOI Ijtimoiy-iqtiodiy fanlar kafedrasida 2016 yil 6 yanvar kuni Tarix-huquq fan oyligining ochilish tadbiri bo’ldi. Tadbirda institut rektori tarix fanlar nomzodi, dotsent N. Abdulaxatov, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor X.Xaydarov, o’quv bo’limi boshlig’i I. Toshpulatov, kafedra mudiri v.b U.Sobirova, huquq fani o’qituvchisi G.Sharobutdinovalar ishtirok etdilar.
Tadbirni institut rektori tarix fanlar nomzodi, dotsent N. Abdulaxatov ochdi. N. Abdulaxatov fan oyligini ochiq deb e’lon qilar ekan, buguni kunda tarixchilar oldida turgan vazifalar, bugungi kun muammolarini echimini topishda tarixchilarning roli, globol mavzularga tarixchilarning o’z nuqtai nazariy qarashlari mavjud bo’lishi zarurligi to’g’risida gapirdi. Fan oyligining maqsad, vazifalari haqida gapirar ekan, har bir tadbirni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish kerak, bugungi kunda tarixiy jarayonlarga xar bir tarixchining o’zining ilmiy qarashi javobi bo’lishi kerak deb ta’kidladi.
Tinglovchilar fan oyligining chora-tadbir rejasi bilan tanishtirildi.