O‘zbekiston terma jamoasi finalda!

O‘zbekiston terma jamoasi finalda!Poytaxtimizda mini-futbol bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning yarim finalida futbolchilarimiz Tailand terma jamoasi bilan bahslashdi.

Uchrashuvda jamoalar maydonda ehtiyotkorlik bilan harakat qildi, ko‘proq himoyada to‘p surib, asosan, qarshi hujumlardan foydalanishga intildi. Keskin va hayajonga boy o‘tgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida 2:2 hisobi saqlanib qolindi. Penaltilar seriyasida minglab muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarimizga dalda bo‘ldi va ular 3:1 hisobida irodali g‘alaba qozondi.

Shu tariqa futbolchilarimiz hal qiluvchi bahsga yo‘l oldi. Endi ular 21-fevral kuni bo‘ladigan final uchrashuvida Eron va Vetnam terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan bahslashadi. Mag‘lub jamoa esa Tailand vakillari bilan bronza medal uchun maydonga tushadi.

Bayram Aytmurodov, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*