Tillar Festivali

            8 Farg’ona VXTXQTMOI Til va adabiyot talimi kafedrasida 2016 yil 19 may kuni “May – chet tillar fan oyligi”ga bag’ishlangan “Chet tillardan sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkillash” mavzusidagi “Tillar Festivali” o’tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi til yo’nalishidagi fanlar va asosan chet tillarini o’qitish borasida talim sifati va mazmunini yanada takomillashtirishdir. Tadbirda til yo’nalishidagi MOK tinglovchilari o’zlarining maxsus dasturlari bilan faol qatnashdilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbilari to’g’risida”gi PQ – 1875 – sonli qarorining ijrosini taminlashni yanada kuchaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish maqsadida sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

            Har bir guruh stsenariylari bugungi kunda til o’qitishning dolzarb muammo va uning echimlari,sahna ko’rinishlari,qo’shiqlar,o’yinlar va sherlarni o’z ichiga oldi. Tadbir uchun ko’rgazmali qurollar,audio va video materiallar ham tadbir maqsadini ochishda katta yordam berdi. Tadbir qatnashuvchilarda va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Quvasoy shahar 1 – IDUM 3 – sinf o’quvchilarining ‘’The sparrow and the trees’’ mavzusidagi sahna ko’rinishlari ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*