Zamonaviy darslarni tashkil etish

Joriy yilning 23-29 avgust kunlari Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Maktabgacha va umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish” loyihasi doirasidagi seminar-trening bo’lib o’tdi.   Ushbu o’quvlar Ta’limda global hamkorlik tashkiloti hisobidan moliyalashtirilgan grant loyihasi doirasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirildi.

Seminar-treningda  ta’limni boshqarish, o’qitish metodlari, chet tillarini o’qitish,  axborot-kommunikatsion texnologiyalari, ma’sofaviy ta’lim, inklyuziv ta’lim modullari bo’yicha o’quv jarayoni sifatini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi.

 

Seminarda Hududiy markazimizdan 12 nafar professor-o’qituvchilar ham ishtirok etib, trenerlik sertifikatiga ega bo’lib qaytdilar.

Mazkur seminar materiallaridan o’quv jarayonida samarali foydalanish orqali viloyatdagi maktabgacha, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagog xodimlariga etkazish maqsadida 3-4 sentyabr kunlari barcha kafedralarning professor-o’qituvchilari, bo’lim boshliqlari hamda mutaxassislarini jalb qilgan holda  seminar-trening mashg’ulotlari tashkil etildi.

Seminarda “Bolaning hayotiy ko’nikmalarini aniqlashda o’qituvchining roli”,”Kichik guruhlarda ishlash orqali shaxsga yo’naltirilgan ta’lim berish qoidalari”, “O’zgarishlar nazariyasi”, “Zamonaviy rahbar qiyofasi” mavzularidagi qo’llanilgan pedagogik texnologiyalar katta taasurot qoldirdi.

Shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablariga seminar-trening materiallarini etkazish va ta’lim jarayonida samarali foydalanish orqali  o’qitish sifatini oshirish maqsadida viloyatdagi xar-bir shahar, tumanlarga bir nafardan Hududiy markazimizning professor-o’qituvchilari trener sifatida biriktirildi.  Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda xar-bir fan yo’nalishida yil davomida bir oyda ikki marta seminar-trening mashg’ulotlarini o’tkazish rejasi ishlab chiqildi.  Mazkur rejani amalga oshirishda viloyatdagi ilg’or tajribali metodist-o’qituvchilarni ham jalb qilish ko’zda tutildi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*