“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”

Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  direktori Atadjanov Mamirjon Yusupovich O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu nishon O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko’krak nishonini ta’sis etish to’g’risida”gi qarori asosida ta’sis etilgan.

Ko’krak nishoni har yili 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tegishlicha O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo’mondoni (yoki ularning topshirig’iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  direktori Atadjanov Mamirjon Yusupovichni ushbu nishon bilan yana bir bor tabriklaymiz.

 

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*