Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2020 yil 14 mart kuni “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 martdagi 136-F-son farmoyishi bilan Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2020 yil 14 mart kuni “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini o’tkazildi.

Hasharda hududiy markazning barcha jamoasi ishtirok etdi. Hududiy markaz hududida binolar va hovlilar atrofi hamda maydonchalarni tartibga keltirildi. Hududdagi mevali va manzarali daraxtlarni ekish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi, yangi gul ko’chatlari ekildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish uchun bir guruh xodimlar tashabbus ko’rsatdilar.

Hududiy markazda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarning mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlandi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*