Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida masofadan – onlayn va offlayn shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-martdagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq joriy etilgan karantin davrida raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda xalq ta’Iimi xodimlari malakasini oshirish kurslarini onlayn va offlayn shakllarda tashkil etish maqsadida Xalq ta’Iimi xodimlarining online va offline shakllarda masofadan malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha muvaqqat Yo‘riqnoma ishlab chiqildi va Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 27-apreldagi 110-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Mazkur muvaqqat Yo‘riqnomaga binoan Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida masofadan – onlayn va offlayn shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish maqsadida joriy yil may oyida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi tomonidan masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo‘limi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi bilan hamkorlikda barcha professor-o‘qituvchilar uchun kurs materiallarining sifatli tarzda tayyorlanishi va veb-resurslarga joylashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Shu asosda may-iyun oylarida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi va barcha kafedralar tomonidan masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo‘limi hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi bilan hamkorlikda dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan onlayn kurslar dasturlariga kiritilgan mavzular bo‘yicha videodarslar tayyorlandi hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun tayyorlangan videodarslar, o‘quv-uslubiy majmualarning elektron shakllari hududiy markazning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirildi. Bunda har bir malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sahifa tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarini onlayn dasturlari orqali, videokonferensiya shaklida o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Natijada online va offline shakllarda tashkil etiladigan masofadan malaka oshirish kurslari jarayonida axborot-kommunikatsiya va tele-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim mazmunini raqamlashtirish orqali tinglovchilarning ish va yashash joyidan qat’i nazar ularga o‘quv materiallarini o‘zi uchun qulay joyda, qulay sharoitda, qulay vaqtda o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.

Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 9-iyundagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha joriy etilgan karantin davrida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida malaka oshirish kurslarini onlayn va offlayn shaklda tashkil etish to‘g‘risida”gi 142-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ning 2020-yil 10-iyundagi 62-son buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruqqa asosan hududiy markazda 2020-yilning aprel, may, iyun oylari uchun malaka oshirish rejasi hisobidan 2020-yil 10-iyundan 7-iyulgacha bo‘lgan davrda 9 ta fan yo‘nalishida onlayn va offlayn shakllarda masofadan malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Xalq ta’limi vazligirining 2020-yil 9-iyundagi –son xatiga asosan 2020-yil oyidan 2020-yilning aprel, may, iyun oylari uchun malaka oshirish rejasiga kiritilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn va offlayn shakllarda masofadan malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslar jarayonida professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini onlayn dasturlari orqali, videokonferensiya shaklida o‘tkazish bilan birga raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tinglovchilar uchun o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular yuzasidan maslahat va konsultatsiyalar ham tashkil etib bormoqdalar. Buning uchun hududiy markaz professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlar tarkibidan har bir guruh uchun o‘quv modullari bo‘yicha alohida tyutorlar tayinlangan.

Xulosa qilib aytganda, hududiy markazda tinglovchilarga professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv-metodik majmualar, ma’ruza, videoma’ruza, taqdimot slaydlari va glossariylardan foydalanish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan hamda professor-o‘qituvchilar tinglovchilar bilan online va offline munosabatlar o‘matgan holda o‘qitishni amalga oshirmoqdalar.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*