Rossiyalik mutaxassislar kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi hamda Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar F.Gudim va A.Chakushkina Farg‘onaga tashrif buyurdilar.

A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti Dastur operatori bo‘lib, ular yordamida Rossiyaning malakali mutaxassislari (o‘qituvchilar va metodistlar) O‘zbekistonning o‘zbek tilida dars o‘tiladigan maktablarda rus tili o‘qituvchilarining malaka oshirishlariga yordam beradi.

Loyihaning ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari Respublikamizdagi mahalliy maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi. Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni qamrab oladi.

O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini oshirish dasturi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytiradi, balki O‘zbekiston ta’lim muassasalarida rus tilida yuqori saviyada ta’lim olish uchun qulay sharoit yaratadi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*