«Qushlar va uy parrandalari» mavzusida mahorat darsi

Farg’ona  viloyati  XTXQTUMOH markazi ”Maktabgacha,boshlang’ich  va  maxsus  ta’lim  metodikalari”   kafedrasi o’qituvchisi F.Akbarova  rahbarligida  Boshlang’ich  ta’lim  II guruh  tinglovchisi  O’zbekiston  tumani 4-maktabning oliy  toifali  boshlang’ich  sinf  o’qituvchisi  Qoraboyeva  Gulchehra Abdusalomovna tomonidan 3-sinf  tabiatshunoslik  fanidan «Qushlar va  uy  parrandalari» mavzusida mahorat  darsi  tashkil  etildi.

Mazkur  mahorat  darsida  pedagog tabiatshunoslik  fanini o’qitishda  qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llash  bo’yicha o’zining mahoratini  ko’rsata  oldi.  Dars  jarayonida o’qituvchi «Aqliy  hujum», «Bumerang», «Men  kimman», «Klaster»  kabi interfaol metodlardan  o’rinli  va  samarali  foydalandi. Ayniqsa o’qituvchi tomonidan tayyorlangan qiziqarli  slaydlar  o’quvchilarning mavzuga bo’lgan  katta  qiziqishiga  sabab bo’ldi. Dars  davomida o’quvchilar  musatqil  fikrlashga  yo’naltirildi. Qo’llanilgan  metodlar  orqali  o’quvchilarning  og’zaki  nutqini  rivojlantirish  hisobga  olingan.»So’z  top» «Krossvord»  yechish  metodlari  orqali  o’quvchilar  bilimini  mustahkamlash ko’zda tutilgan.

O’qituvchi  dars  jaroyonida  o’zining  akademik  qobiliyatini namoyon  eta  oldi.Dars  mavzusi boshqa  fanlar  bilan  uzviylikda yoritib  berildi. Darsda  o’quvchilarga mavzu  yuzasidan  qiziqarli ma’lumotlar berildi. O’quvchilarga berilgan  mustaqil  topshiriqlar ularning  har  tomonlama  izlanishga  da’vat  etdi.

Mahorat darsi  jarayoni “Ilg’or  tajriba xalqaro hamkorlik  ilmiy  axborot tadqiqotlar  bo’limi ” boshlig’i Abdurahimova  Muhabbatxon Alijonovna, yetakchi mutaxassis M. Rahmonova, uslubchi  B.Mamadaliyeva , ”Maktabgacha, boshlang’ich  va  maxsus  ta’lim  metodikalari”   kafegrasi katta  o’qituvchisi ,  pedagogika  fanlari  falsafa  doktori  M.Xallokovalar  tomonidan  kuzatildi.Dars yakunida taklif  va  mulohazalar aytildi. Mahorat darsi  mutaxassislar tomonidan viloyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.

Tashkillangan  mahorat  darsi orqali  tinglovchilar tabiatshunoslik  fanini  o’qitishda  qo’llaniladigan  metodlarning  amalda  qo’llanilishi yuzasidan  tajribaga  ega  bo’lishdi.

Muallif Abbos Mirzo

Abbos Mirzo
Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*