2021-yil 8-fevral kuni “Yoshlar yetakchilari” malaka oshirish kursida O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Raxmonova Sarvinozxon Zokirjon qizi tomonidan “Umumta’lim maktablarida besh tashabbusni amalga oshirish” mavzusida bir soatlik mahorat darsi tashkil etildi
Raxmonova Sarvinozxon Zokirjon qizi. 2016-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Ish faoliyatini 2016-yilda Farg‘ona shahar 13-o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Hozirda O‘zbekiston tumani 26-maktabda yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Toifasi – mutaxassis.
“Mahorat darsi”ni kuzatish uchun VXTXKTMOHM o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Teshaboyev,“Ilmiy-tajriba, xalqaro hamkorlik, ilmiy axborot tadqiqotlar bo‘limi” yetakchi mutaxassisi M.Rahmonova, “Pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Xamalova ishtirok etishdi.
O‘qituvchi darsni “Besh tashabbus – besh imkon” shiori bilan, “Dars muqaddas”, “O‘rgan – o‘rgat” tavsiyalari asosida yaxshi tashkil etdi. Vaqtdan unumli foydalanildi. “Swot” tahlili metodi asosida qiziqarli munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Dars davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan dars ishtirokchilari tomonidan ijodkorlarning hayoti va ijodi, ruboiy va g‘azallaridan aytildi. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Dars yakunida har bir guruh sardorlari o‘z guruhlari muammo yechimiga bag‘ishlangan taqdimotlari namoyish etildi.
Dars yakunida darsni kuzatgan tinglovchilar, bo‘lim xodimlari tomonidan fikrlar bildirildi. Darsda foydalanilgan metodlaridan o‘z ish faoliyatlarida foydalanishlari mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.