2021-yil 10-fevral kuni informatika malaka oshirish kursida Marg‘ilon shahar 5- umumiy o‘rta ta’lim maktabi katta o‘qituvchisi informatika fani o‘qituvchisi Xakimova Mohidil tomonidan tinglovchilariga “Axborotli olam muammolari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Darsda qisqa muddatli siyosiy daqiqa o‘tkazildi.Seminar mavzusini yoritish davomida “Mobil qaramlik”, “Xavfli axborot”, “Ona maktubi” kabi videoroliklar namoyish qilindi. Muammoli vaziyatlar barcha tinglovchilar tomonidan tahlil qilindi, hayotiy voqeliklar bilan bog‘landi. “Aqliy hujum”, “Muammoli texnologiya”, “Debat”, “Asalari uyasi”, “Tezkor savol-javob” interfaol metodlar va mavzuga oid adabiyotlardan unumli foydalanildi. Natijada o‘tilgan va yangi dars mavzusi tinglovchilar ishtirokida mustahkamlandi. O‘tkazilgan trening faol ishtirok etgan tinglovchilarga sertifikatlar berildi.
O‘tkazilgan mahorat darsida ilg‘or tajriba xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqot bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Raxmonova, Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xoshimova, katta o‘qituvchi Z.Dehqonova, Pedagogika psixologiya ta’lim texnologiyalari o‘qituvchisi G.Ergashevalar ishtirok etdilar.