UNISEF tashkiloti tomonidan aholining immunizatsiya, shu jumladan inson papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida 2021-yil 20-oktyabrda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida o’qituvchilarning usluksiz malakasini oshirishning qamrovini kengaytirish va xabardorligini yanada oshirish” loyihasi doirasida joriy yilning 11-noyabr kuni Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tinglovchilar (umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari)ning immunizatsiya, shu jumladan inson papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida “Immunizatsiya, inson papilloma virusi (VPCH) ga qarshi emlashni joriy qilish va shaxslararo muloqotni takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha har bir kurs tinglovchilari uchun amaliy seminarlar tashkil etildi.