Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazidа O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, yozuvchi va dramaturg Saydali Odilov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan “Ustozlarga ehtirom!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

2021-yil  16-noyabr kuni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazidа O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, yozuvchi va dramaturg Saydali Odilov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan “Ustozlarga ehtirom!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Saydali Odilov hamda ijodkorning oila a’zolari bilan birga yaqin do‘stlaridan filologiya fanlari doktori, professor S.Mo‘minov, O‘zbekiston xalq artisti, professor S.Mannopovlar taklif etildi. 

Tadbirni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Teshaboyev ochib berdi. Tadbir ishtirokchilari ilm va ijod uyg‘unligini e’tirof etib, adabiyotshunos olim Umarali Normatov, shoir va yozuvchilar ErkinVohidov, Anvar Obidjon, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Oxunjon Hakimov, Saydali Odilov,  Isajon Sulton, Enaxon Siddiqova kabi ijodkorlarning adabiy asarlari yurtimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdilar.  Shuningdek, taniqli shoir, yozuvchi va dramaturg Saydali Odilov o‘zining 80-yillik  hayot yo’li  va ijod zavqi haqida gapirib, malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan ijod va ma’naviyat mavzusida suhbat o‘tkazdi. Suhbatdan so‘ng kurs tinglovchilarining adabiy­-badiiy kompozitziya hamda viloyat dramteatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan Saydali Odilov qlamiga mansub A.Farg‘oniyga bag‘ishlangan teatrdan sahnalar namoyish etildi. Bu tadbir tuinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Muallif Abbos Mirzo

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*