Joriy yilning 27-may kuni “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oishirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Beshariq tumani 37-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Soyipov Jamshidbek ingliz tili o‘qituvchilari kursi 1-guruh tinglovchilariga “Listening and Reading strategies” mavzusida noan’anaviy usulda o‘tib berdi.
Dars jarayonida turli xil metod va uslublardan foydalanildi ,ya’ni tinglab tushunish va o’qish bo’limidan tushadigan savollariga qanday tez, ozon va samarali javob bera olish usullarni qo’llash keng tushuntirildi. Tinglab tushunish va o’qishga doir tarqatma materiallardan foydalanib,gurux bilan bir qancha savol turlari yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.Tinglovchilar juftliklarda va guruhlarda ishlab, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo ‘ldilar. Ushbu dars mashg‘ulot jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Turli boshqotirma, o’yinlar barcha sinflar uchun namunali, ko‘rgazmali va samarali ekanligi ko’rsatib berildidi. Mashg‘ulotda o‘quvchilarni tanqidiy va ijodiy fukrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qiziqarli mashqlardan ham foydalanildi.
Tashkil etilgan mazkur ko’rgazmali dars mashg’uloti barchaga birdek manzur bo’ldi.
Farg`ona viloyati XTXQTMOHM Axborot xizmati.