«Muvaffaqiyat psixologiyasi» va «Samarali kitob mutolaasi» mavzularida seminar-trening

Xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida o’rta ta’lim maktablarining o’quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va yoshlar o’rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish masalalari muhokamasiga bag’ishlangan «Muvaffaqiyat psixologiyasi» va «Samarali kitob mutolaasi» mavzularida seminar-trening tashkil qilindi.

Ushbu treningdan ko’zlangan maqsad direktor o’rinbosarlarini ish faoliyatlari davomida notiqlik mahorati, boshqaruv psixologiyasi hamda xodimlar va o’quvchilar bilan ishlashda e’tibor qaratishlari lozim bo’lgan eng muhim omillar bilan tanishtirishdan iborat bo’ldi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova hamda Farg’ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonovlar qatnashdilar.
Farg’ona VXTXQTMOH markazi Axborot xizmati.
Telegram (https://t.me/fargona_mohm)| YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCyHw2tn0ib_fTYoRS1DE2mg)|WebSite (https://fargonamoi.uz/)|Facebook (https://www.facebook.com/fargonamalaka)

Muallif Abbos Mirzo

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*