SO’X TUMANIDA KO’CHMA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILDI

Farg’ona viloyatining anklav hududi hisoblangan So’x tumanidagi mavjud umumta’lim maktablarining pedagog kadrlariga qulaylik yaratish maqsadida Farg’ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tomonidan tumandagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida ko’chma malaka oshirish kurslari tashkil etildi. 2022-yilning 6-11-iyun kulari bo’lib o’tadigan ushbu malaka oshirish kurslariga so’xlik 715 nafar pedagoglar jalb etildi.
Ko’chma malaka oshirish kurslarida dars mashg’ulotlarini belgilangan tartibda samarali tashkil etish maqsadida Milliy markaz tomonidan 25 nafar professor-o’qituvchilar safarbar qilindi. Shuningdek, safarbar qilingan professor-o’qituvchilarning ko’chma kurslarda faoliyat olib borishlari uchun So’x tumani hokimligi va tuman Xalq ta’limi bo’limi tomonidan etarli shart-sharoitlar bilan ta’minlandi.
Farg’ona VXTXQTMOH markazi Axborot xizmati.
Telegram (https://t.me/fargona_mohm)| YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCyHw2tn0ib_fTYoRS1DE2mg)|WebSite (https://fargonamoi.uz/)|Facebook (https://www.facebook.com/fargonamalaka)

Muallif Abbos Mirzo

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*