USTOZLAR MILLIY FORUMI — YANGI O‘QUV YILIGA O‘ZGACHA RUH VA YANGI FORMATDAGI TAYYORGARLIK!

– AKT vositasida o‘qitish va o‘rganish;

– O‘quvchilarga yo‘naltirilgan taʼlim yondashuvi;

– Professional muloqot;

– Formativ fikr-mulohazalar va baholash;

– Ijodiy va tanqidiy fikrlash;

Bu masalalarning barchasi Ustozlar Milliy forumida muhokama etiladi.

Joriy yilning 10-11 avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan metodist va maktab direktorlari uchun fanlar kesimida tashkil qilingan 9 ta sho‘bada mahalliy va xorijiy trenerlar ishtirokida o‘quvlar tashkil qilinadi.

Hurmatli ustozlar, yangiliklarga tayyor turing! Hademay ushbu forum sizning hududingizga yetib boradi.

Seminar 16-18 avgust kunlari viloyatlarda, 23-25 avgust kunlari shahar va tumanlarda, 27-29 avgust kunlari umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida o‘tkaziladi.

Manba: UZEDU.UZ

Muallif Abbos Mirzo

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*