Ingliz tili kursi tinglovchilari bilan “How to make a presentation” mavzusida noan’anaviy usulda dars mshg’ulotini olib bordi

Joriy yilning 21-sentabr kuni kuni “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oishirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Darsni Rishton tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi oliy toifali ingliz tili o‘qituvchisi hamda chet tilini bilish darajasini belgilovchi C1 darajadagi xalqaro sertifikat sohibi  Niyozov Asatulla Abduraximovich milliy markazda tashkil etilgan ingliz tili kursi tinglovchilari bilan  “How to make a presentation” mavzusida  noan’anaviy  usulda dars mshg’ulotini olib bordi.

 

Dars jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitishdagi qiyinchiliklar va ularni dars davomida qanday bartaraf etish va umuman olganda ingliz tili darslarini tashkillash borasida turli xil metod va uslublarni darslarda samarali qo‘llash borasida fikr-mulohazalar berildi. Tinglovchilar juftliklarda va kichik guruhlarda ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur mahorat darsi juda ham jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bundan tashqari mashg‘ulotda dars davomida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fukrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qanday mashqlardan foydalanish mumkinligi to‘g’risida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Muallif Abbos Mirzo

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*