2022–yil 14–oktabr kuni Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Gulbahor Rahimova “Maktab amaliyotchi pixologlari” guruhi tinglovchilari bilan “Pedagoglarni salomatligini saqlashga qaratilgan profilaktika” mavzusida trening-mashg‘ulotini tashkil etdi.
Trening davomida pedagoglarni salomatligini saqlashga doir ko‘rsatmalar berib o‘tdi. SHu bilan birga “Meni angla”, “Stressni bartaraf etish” kabi metodlardan foydalandi.
Trening-mashg‘uloti qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda tashkillandi.
Farg’ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Axborot xizmati