Mahorat darsi

Bugun 2023-yil 28-yanvar kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili 1- guruh tinglovchilariga, Quvasoy shahar 1-IDUM ingliz tili o‘qituvchisi Yarbekova Dilnavoz tomonidan “The role of critical thinking in language teaching” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.


Mahorat darsi davomida tinglovchilarga yosh iqtidorlarni kashf etish, ularga bilim zinapoyalarida ko‘tarilishga qanday usullar bilan yordam berish haqida tushuncha berildi.
Yarbekova Dilnavoz tomonidan mahorat darsida maktab o‘qituvchilariga chet tili darsi davomida autentik materiallardan to‘liq foydalanish va uning afzalliklari haqida foydali maslahatlar berildi. Shuningdek, dars davomida tarqatma materiallar va multimediadan ham samarali foydalanildi.Tinglovchilar qiziqtirgan savollariga to‘liq va yetarlicha javoblar oldilar.

 

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*