Mahorat darsi

Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi  ingliz tili 1- guruh tinglovchilariga Marg‘ilon shahar 11-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Raximov Doniyor Madorjonovich tomonidan “British food” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.

Mahorat darsi davomida tinglovchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda darsda ishtirok etdilar. Shuningdek, Doniyor Raximov dars davomida tarqatma va multimedia materiallaridan ham samarali foydalandi. Bundan tashqari o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga to‘liq va yetarlicha javob berildi. Tinglovchilarni e’tiborini jalb qiladigan metodlar qo‘llanildi. Mahorat darsida barcha o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*