2023-yil 17-fevral kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Musiqa madaniyati” hamda “ona tili va adabiyot” tinglovchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Vatan sog‘inchi” deb nomlangan ma’naviy-marifiy tadbir tashkillandi. Kirish so‘zini “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri G. Sharobutdinova ochib berdi. Tadbir davomida “ona tili va adabiyot” yo‘nalishi tinglovchilari tomonidan ijodkor qalamiga mansub g‘azallar ijro etildi. Shuningdek, Musiqa madaniyati yo‘nalishi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlar tadbirga yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.