“Davra suhbati”

2023-yil 1-mart kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Axborot Resurs Markazi” xodimlari hamda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi hamkorlikda shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Ona tili” 1-guruh tinglovchilari o‘rtasida “Davra suhbati” o‘tkazildi. “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri U.Nosirova davra suhbatini boshlab berdi. Tinglovchilar tomonidan shoira she’rlari aytildi. Kutubxona xodimlari tomonidan shoiraning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Yana bahor keldi”, “O‘g‘lim sira bo‘lmaydi urush” hamda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” kitoblari targ‘iboti o‘tkazildi. Suhbat so‘ngida tinglovchilar tomonidan shoira she’rlaridan ijro etildi.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*