Davra suhbati

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi mazmuni-mohiyati tinglovchilarga yetkazildi

 

2023-yil 1-mart kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida  “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xamrakulov va “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi A.Nishonov tomonidan tarix fani  o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilari ishtirokida “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida X.Xamrakulov tinglovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. U o‘z so‘zida Prezidentning mazkur Farmoniga asosan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga Davlat dasturi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, aholiga yaratiladigan qulayliklar, ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish borasida kutilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng A.Nishonov so‘zga chiqib, tinglovchilarni Davlat dasturida aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish borasida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, u Davlat dasturining ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berdi.

 

Davra suhbati davomida Pedagogika markazi mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Davra suhbatini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari materiallaridan, davlat boshqaruvi idoralari mas’ul xodimlarining Davlat dasturining ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalaridan foydalanildi.

Pedagogika va psixologiya, talim texnologiyalarikafedrasi katta oqituvchisi X.Xamrakulov,

“Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi A.Nishonov

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*